Raneridan gol kerak bo‘lsa, Shomurodovni ertaroq maydonga tushirishni talab qilishdi!

  • 1 sentabr, 2023, 00:00
  • 3
  • Futbol

Klaudio Raneri mashhur murabbiy bo‘lgani uchun italiyalik jurnalistlar “Kalyari” natijalarini alohida e’tibor bilan kuzatib bormoqda. Sardiniyaliklar A Seriyada syurpriz ko‘rsatishga qodir jamoa sifatida baholanyapti.

Italiya matbuoti, xususan, www.centotrentuno.com sayti dastlabki ikki tur natijalarini tahlil qilib, jamoaning asosiy muammosi hujum chizig‘i ekanini alohida ta’kidladi. Hozircha, “Kalyari” A Seriyada hali gollar hisobini ochishga ulgurmagan uch jamoadan biri bo‘lib turibdi. Sardiniyaliklardan tashqari hali birorta ochko jamg‘ara olmagan “Empoli” va “Sassuolo” ham hali birorta to‘p kiritgani yo‘q.

vsp_9783_esu_gruppo

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Klaudio Raneri “Inter”ga qarshi bahsda tarkib tanlashda xato yo‘l qo‘ygani birinchi bo‘limning o‘zidayoq ko‘rinib olgan. Keyinroq, tajribali mutaxassis bu kamchilikni bartaraf etdi.

Tahlillarga ko‘ra, sardiniyaliklarga “Inter”ga qarshi turishda tajriba etishmadi. A Seriya jamoalari orasida faqatgina “Frozinone” safida A Seriya “nonini egan” o‘yinchilar soni jihatidan “Kalyari”dan keyingi o‘rinda xolos. Klaudio Raneri qo‘l ostida futbolchilar orasida yuqori divizion debyutantlari bor va ularga murakkab chempionatga ko‘nikib olish uchun vaqt kerakligini aytildi.

O‘yinlarni tahlil qilib borayotgan ekspertlar “Kalyari”ning “Torino” va “Inter”ga qarshi bahslarda gol ura olmayotganini tanqid qilyapti. Har ikki uchrashuvda sardiniyalik futbolchilar 90 daqiqada davomida “Torino” va “Inter” darvozasiga atigi ikkitadan zarba yo‘llay olgan xolos. Bu holat A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoa uchun keskin darajada kam ekani ravshan.

“Inter”ga qarshi o‘yinda Eldor Shomurodovga taqdim etilgan o‘yin vaqtining kamligi bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ikki to‘p farqi bilan ortda qolayotgan jamoaning uchrashuvni qutqarish uchun maydonga tashlangan markaziy hujumchiga atishi besh daqiqa vaqt berilishi xato ekani ta’kidlanyapti.

Tabiiyki, o‘zbek legioneri o‘zining optimal sport formasiga chiqib olishga erishishi kerak. Tahlilchilar yozgi transferlar bozorida ijaraga olingan yagona markaziy hujumchiga berilayotgan o‘yin vaqti klub rahbariyati maqsadi bilan hamohang bo‘lib chiqmayotgani tanqid qilinyapti.

Bu holat Klaudio Raneriga ham bosim o‘tkazayotganligi aniq. Yuqori divizionda jon saqlab qolishning eng asosiy talabi – ko‘proq hujum uyushtirish va gol urishdan iborat. Lekin “Kalyari”da aynan mana shu jihat oqsamoqda.

“Kalyari” o‘yinlarini tahlil qilib borayotgan www.centotrentuno.com sayti jurnalisti Roberto Pinna Klaudio Raneridan hujum chizig‘i va Eldor Shomurodov haqidagi savoliga olgan javobini yozdi. Unga ko‘ra, italiyalik murabbiy “Eldor Shomurodov hali jamoaga ko‘p kerak bo‘ladi”, - deb ta’kidlagan.

Mutaxassislar “Kalyari” A Seriyada qolishi uchun tarkibida mavsum davomida 12-13 ta gol ura oladigan futbolchi bo‘lishi kerakligini tilga olmoqda. Bu ishni ko‘proq Eldor Shomurodov zimmasiga yuklash kerak. Ekspertlar buning uchun o‘zbek forvardiga o‘yinlarda etarli darajada vaqt berilishi lozimligini uqtirmoqda.

Ta’kidlash lozimki, Eldor Shomurodov uch yildan beri Italiyada faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, faqatgina ilk jamoasi “Jenoa”da o‘zida taqdim etilgan vaqtdan unumli foydalanib, to‘purarlik mahoratini namoyish qila oldi. “Roma” va “Spetsiya”da hamyurtimiz ko‘pincha zaxiradan maydonga tushib, bir necha daqiqa to‘p tepdi xolos.

shomurodov-cagliari-inter

Hozircha, Klaudio Raneri boshqarayotgan “Kalyari”da ham xuddi shu stsenariy takrorlanmoqda.

Legionerimiz gol urdi

Shomurodov terlashga ham ulgurmagan uchrashuvdan keyin Raneri nimalar dedi?

Ana xolos: O‘zbek bokschidan nokautga uchragan qozoq jangchisi boksdan chetlatildi

Legionerlarimizga aniq shart qo‘yildi

To‘rt futbolchimiz dunyoning eng qimmat ligalarida to‘p tepmoqda!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kesh
30/08/2023 18:18
Bular Axmok ber uyin Shomurodovga
&
Бахриддин М.З.
30/08/2023 11:54
Раньери ва Шома калярини пастга лигага туширади
&
Liverpool-Afzal
30/08/2023 10:17
Раньери анча куркок уйин кивоти 0:2 ютказибам хужумга утмаяпти