Raqib “Siti” tayyorlagan superfutbolchini tekinga oladi
“Chelsi” ichki chempionatdagi ashaddiy raqiblaridan bo‘lmish “Manchester Siti” tarbiyalagan futbolchini bepul qo‘lga kiritishga urinmoqda.
Italiyalik insayder Fabritsio Romano “aristokratlar” yozda “Fulxem” vakili Tosin Adarabioyo o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabar tarqatdi.
26 yoshli markaziy himoyachi besh yasharligida “Manchester Siti”ga kelgan va ushbu klubda tarbiyalangan. Tosin 14 yoshida 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan tarkibda o‘ynardi.
2016 yili Adarabioyo asosiy jamoa safida kubok uchrashuvida debyutini o‘tkazdi.
Keyinchalik asosiy tarkibga kiritilmagan futbolchi ijara asosida “Vkst Bromvich” va “Blekbern” klublariga jo‘natildi. 2020 yilda esa, “Fulxem”ga sotib yuborildi.
30 iyun kuni Aderabioyoning “Fulxem” bilan amaldagi shartnomasi tugaydi. “Chelsi” shundan foydalanib, uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar