Raqib tuzalmagunicha futbol o‘ynamaysan! Braziliyda antiqa qaror chiqdi
«Internasional» klubi himoyachisi Viktor Gabriyel Braziliya chempionati doirasida 23 iyul kuni «Kruzeiro»ga qarshi o‘yinda raqibini og‘ir jarohatlagani uchun uzoq muddatga maydondan chetlatildi.
Qiziqi shundaki, futbolchining diskvalifikatsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jabrlanuvchi – Gabriyel Pekning tuzalish muddatiga bog‘langan.
Pek oyog‘ini sindirib olgani sababli, bu jarayon ancha cho‘zilishi mumkin. Dastlabki tibbiy xulosalarga ko‘ra, uning to‘liq tiklanishi uch-to‘rt oy vaqt talab qiladi.
Shu bois Viktor Gabriyel ham shu davr mobaynida futboldan chetda qoladi va o‘z harakati oqibatlari haqida o‘ylab ko‘rishga majbur bo‘ladi.

Fikrlar