Raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan Bektemir Meliqo‘ziev va Elnur Abduraimov Toshkentga qaytib keldi (fotogalereya)

  • 10 avgust, 2022, 10:35
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatida tashkil etilgan boks oqshomida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. "Golden Boy" jang kechasida unga Bosniya vakili Sladan Yanyanin raqiblik qildi.

10 raund etib belgilangan bahs 3-raundda raqibning passiv himoyasi sabab referi tomonidan to‘xtatildi va yakunda hamyurtimiz muddatidan oldin g‘alaba qozondi. 

Shuningdek, yana bir professional bokschimiz Elnur Abduraimov "Golden Boy Fight Night" boks oqshomi doirasida meksikalik Lionel Morenoga qarshi jang o‘tkazdi. 10 raund etib belgilangan bahs 1-raundda o‘z nihoyasiga etdi va unda Abduraimov raqibini nokautga uchratgan holda g‘alaba qozondi. Shu tariqa u IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari egasiga aylandi. 

Bugun ushbu ikki bokschimiz Toshkentga qaytib keldi. Ularni yaqinlari, muxlislar va OAV vakillari munosib kutib oldi. 

Quyida ushbu jarayondan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
10/08/2022 10:53
Shunisiga besh ketamanda. bokschilarimiz juda inoq uziyam har safar berontasi kelsa qolgani kutib olgani chiqadi. malatsi.