Rashidov jamoasi muhim g‘alabaga erishdi

  • 22 sentabr, 2021, 18:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Quvayt SK” klubi OFK Kubogi yarim finalida Iordaniyaning “Al-Salt” jamoasiga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

13-daqiqada Faysal Zayd Al-Xarbin hisobni ochgan bo‘lsa, 25-daqiqa o‘tib borayotganida Dyomersi Mbokani hisobni oshirdi – 2:0. Hamyurtimiz Sardor Rashidov shu kuni maydonga tushgani yo‘q.

Endi quvaytliklar 20 oktyabr kuni final bahsini Bahraynda “Al-Muharraq” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ungacha esa 26 sentyabrda Quvayt Amir Kubogi yarim finalida “Quvayt SK” “Kazma”ga qarshi o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Quvayt SK” OFK Kubogida G‘arb mintaqasida ishtirok etyapti. Boshqa mintaqada esa “Nasaf” qatnashayotganini bilsangiz kerak. Ular bugun yarim final doirasida Hindistonning “Moxun Bagan” jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!