Rasman! AGMK mavsumni poytaxt klubida boshlagan futbolchi transferini e’lon qildi

  • 08.07.2022 18:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

AGMK yozgi transfer oynasidagi ilk kelishuvga erishdi.

Erkin agent maqomidagi iqtidorli futbolchi, «Qo‘qon-1912», «So‘g‘diyona» va «Lokomotiv» jamoalarida to‘p tepgan qanot yarim himoyachisi — Muhammadanas Hasanov endilikda AGMK a’zosiga aylandi.

Muhammadanas yangi jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Futbolchi haqida ma’lumot: Muhammadanas Hasanov

Tug‘ilgan sanasi: 1996 yil, 22 yanvar

Ampluasi: Yarim himoyachi, qanot vingeri

O‘ynagan jamoalari: «Qo‘qon-1912» (2014-2021), «So‘g‘diyona» (2019 yil, ijara), «Lokomotiv» (2022), AGMK (2022/2023…)

O‘tkazgan o‘yinlari soni: 122

Gollari: 10

AGMK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!