Rasman: Alonso "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi!

  • 12.01.2026 22:37
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" klubi Xabi Alonso bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tecno

"Xabi Alonso har doim barcha madridistalarning mehr-muhabbati va hurmatini saqlab qoladi, chunki u “Real Madrid” afsonasi bo‘lib, klubimiz qadriyatlarini doimo munosib tarzda ifodalab kelgan. “Real Madrid” har doim uning uyi bo‘lib qoladi.

Biz Xabi Alonso va uning murabbiylar shtabiga shu davrdagi fidokorona mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda faoliyatlaridagi keyingi bosqichida omad tilaymiz", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!