
Rasman! Anchelotti "Real"dan ketadi va Braziliya termasini boshqaradi!
"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani yangi mavsum oxirida tark etadi. U Braziliya terma jamoasida ish boshlaydi.
Mutaxassis "pentakampeonlar"ni 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan "Copa America" musobaqasiga tayyorlaydi. Braziliya futbol federatsiyasi rahbari Ednaldo Rodriges ham bu ma’lumotni tasdiqladi.
Anchelotti "Real" bilan tuzilgan kelishuvga to‘liq amal qiladi. U shartnoma kelayotgan mavsum oxirida yakuniga etgach, "qirollik klubi"ni tark etadi.
Fikrlar