Rasman! "Arsenal" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni e’lon qildi

  • 01.08.2019 20:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning “Lill” klubi hujumchisi Nikolya Pepe faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli ivuarlik futbolchining transferi “kanonirlar”ga 80 mln evroga tushgan. E’tiborlisi, bu “Arsenal” tarixidagi eng qimmatbaho transfer bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Pepe “Lill” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 79ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 37ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!