Rasman! "Atalanta" Daniya terma jamoasi a’zosini sotib oldi
"Genk" klubi himoyachisi Yoakim Mele "Atalanta"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Bergamoliklar 23 yoshli daniyalik futbolchini 11 mln evro evaziga xarid qilgan. Mele yangi jamoasi bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Yoakim Mele “Genk” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 130 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 22 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U Daniya terma jamoasi safida 6 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1 ta gol urgan.
Fikrlar