
Rasman! "Ayaks" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Alfred Shreder "Ayaks" bosh murabbiyligidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, bunday qarorga jamoaning joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan. So‘nggi o‘yinlarda amsterdamliklar Niderlandiya chempionatida qatorasiga to‘rt marta durang o‘ynadi va shu sabab turnir jadvalida beshinchi o‘ringa tushib ketdi. Peshqadam “Feyenoord” bilan oradagi farq esa 7 ochkoni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shreder «Ayaks»ni 2022 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi. U bu lavozimda «Manchester Yunayted»ga ketgan Erik ten Xag o‘rnini egallagan.
Fikrlar