
Rasman! Bangladesh chempionatida o‘ynagan legionerimiz "Neftchi" vakiliga aylandi
Bangladesh chempionatining "Shayx Russel" jamoasida to‘p tepib kelayotgan hamyurtimiz Timur Tolipov faoliyatini Qirg‘iz Respublikasi chempionatida davom ettiradi. U "Neftchi Qo‘chqor-Ota" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Bungacha legionerimiz ushbu yurtning "Kaganat", "Oloy" va "Dordoy" kabi klublarida harakat qilgan. U O‘zbekistonda "Paxtakor" va "Navbahor" sharafini himoya qilgan.
Tolipovning transferi "Neftchi" uchun tekinga tushdi. U erkin agent sifatida yangi jamoasi safiga borib qo‘shilgan.
Fikrlar