Rasman! "Barselona" braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

  • 27.06.2019 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Valensiya” klubi darvozaboni rasman “Barselona” futbolchisiga aylandi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli braziliyalik posbonning transferi “ko‘k-anor ranglilar”ga 29 mln evroga tushgan. Bundan tashqari “ko‘rshapalaklar” keyinchalik yana 9 mln evro bonus ishlab olishlari mumkin.

Netoning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. Uning tovon puli esa 200 mln evro etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ning gollandiyalik darvozaboni Yasper Sillessen tez orada Neto o‘rniga “Valensiya”ga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!