Rasman! "Barselona"ga o‘tishi kutilgan futbolchi PSJ bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi

  • 10 iyun, 2021, 18:14
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Liverpul" klubi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Frantsiyada davom ettiradigan bo‘ldi. Niderlandiyalik futbolchi PSJ bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Jorjino Veynaldum parijliklar bilan 2024 yilgacha bo‘lgan bitimni imzoladi.

Oldinroq Veynaldum "Barselona"ga o‘tishi kutilgandi. Biroq parijliklar taklif qilgan shartnoma kataloniyaliklarnikidan yaxshiroq ekanligi bois, futbolchi yakunda PSJni tanladi.

Jorjino Veynaldum yakunlangan mavsum APLda "Liverpul" sharafini barcha uchrashuvlarda himoya qildi va 2 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.

89d53-zhorzhino-vejnaldum

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!