Rasman! "Borussiya" Dortmund futbolchisi PSJga ko‘chib o‘tdi
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Abdu Diallo rasman PSJ a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi parijliklarga 32 mln evroga tushgan. Uning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Diallo o‘tgan mavsum Bundesligada jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar