Rasman! "Borussiya" Dortmund Germaniya terma jamoasi a’zosini sotib oldi (FOTO)

  • 18.02.2020 23:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Dortmundning “Borussiya” klubi “Yuventus”dan ijaraga olgan yarim himoyachi Emre Janning transfer huquqini to‘diq sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra tomonlar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasi 1 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi. Shundan so‘ng 26 yoshli germaniyalik futbolchi dortmundliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

jan_4

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Janning transferi “Borussiya”ga 30 mln evroga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Jan yanvarda ijara asosida “Borussiya”ga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan davr mobaynida u 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
18/02/2020 23:42
Juvetus aqlli klub judayam aqlli janni liverpuldan tekinga ogandi 1sezon oynadi uje 30 million +