Rasman! Botir Ahmedov jahon chempionlik jangida O‘zbekiston nomi va bayrog‘i ostida chiqadi

  • 12 avgust, 2022, 16:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) WBA jahon chempionlik kamari Josh Teylordan vakant qolgan. E’tiborlisi, mazkur kamar uchun reytingda birinchi o‘rinda turgan Dominikan vakili Alberto Puello (20-0, 10KO) va o‘zbek bokschisi Botir Ahmedov (9-1, 8KO) jang qilishi belgilangan. Mazkur to‘qnashuv 20 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Florida shtatida PBC boks oqshomida bo‘lib o‘tadi. 

IMG_20220812_162855

Botir Axmedov Sirdaryo viloyatida tug‘ilib o‘sgan. Bizga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmedov chempionlik jangida O‘zbekiston nomidan, O‘zbekiston bayrog‘i ostida ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Agarda u ushbu kamarini qo‘lga kiritsa, o‘zbek bokschilari orasida 4-chempionga aylanadi. 

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Ruslan Chagaev, Artur Grigoryan, Murodjon Ahmadaliev ushbu nomga sazovor bo‘lgan.

Ushbu vazn toifasi WBA reytingida Shohjahon Ergashev 12-o‘rinda bormoqda. 7-o‘rinda qayd etilgan Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasini o‘zgartirgan.

SPORTS.UZ saytining Botir Ahmedov bilan uyushtirgan intervyusini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
12/08/2022 16:53
Гап йук. Омад. Трансляция килинадимикан.