Rasman! Bundesligada mavsumning dastlabki iste’fosi yuz berdi

  • 27 sentabr, 2020, 16:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shalke" bosh murabbiyi David Vagner o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, gelzenkirxenliklar rahbariyati Vagnerga qo‘shib uning assistentlari Kristof Byuler va Frank Frelingni ham iste’foga chiqargan.

“Barchamiz David Vagner bilan birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz, deb umid qilgandik. Afsuski, yangi mavsumning dastlabki ikki kuni kerakli natijalarni bermadi”, - deydi klub sport direktori.

David Vagner “Shalke”ni 2019 yilning may oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvidagi jamoa esa, Bundesliganing dastlabki ikki turida 11 ta gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!