
Rasman! "Bunyodkor" "Nasaf" hujumchisini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, kecha Qarshining "Nasaf" klubi hujumchisi Humoyun Murtozaev faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettirishi mumkinligi borasida ma’lum qilgandik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli futbolchi "qaldirg‘ochlar" bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Murtozaev yakuniga etgan mavsumda Superligada 26 bahsda maydonga tushib, 14 ta to‘p kiritishga erishdi va yil ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi.
Fikrlar