Rasman: "Bunyodkor"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi!

  • 28 mart, 2024, 16:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Bunyodkor" klubiga rasman yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Xabaringiz bor, xorvatiyalik mutaxassis Ivan Bubalo bilan hamkorlik to‘xtatilgach Anvar G‘ofurov vaqtincha bosh murabbiy lavozimida ishlab kelayotgan edi. Deyarli ikki hafta davom etgan izlanish va muzokaralardan so‘ng tajribali mutaxassis Sergey Arslonov bilan kelishuvga erishildi.

Sergey Ilyasovich ertaga “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida ilk uchrashuvini o‘tkazadi. 

Ma’lumot uchun
SERGEY ILYaSOVICh ARSLONOV
Tug‘ilgan sanasi: 27.05.1967 yil
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
To‘p surgan jamoalari: “SKA Xabarovsk”, “Kuban” (ikkalasi Rossiya), “Vaxsh”, “Pomir” (ikkalasi Tojikiston), “Navbahor”, “Qizilqum”, “Surxon”.
Murabbiylik faoliyati: O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasida murabbiy, “Qizilqum” va “Dinamo” futbol klublarida murabbiy va bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
29/03/2024 08:22
УТГАН МАВСУМ СУРХОНДА ИШЛАДИКУ НИМА САБАБДАН СУРХОНДАН КЕТДИ БУ ХАКИДА ЁЗИШМАДИ ЧУНКИ БУ ЕРДА ЧИКИШ КИЛАДИГАН ЖУРНАЛИСТЛАР ТОШКЕНТЛИККУ ТУРТТА ТОШКЕНТ ЖАМОАСИ УЧУН ИШЛАЙДИ ШУНИНГ УЧУН ХАМ ЧАЛАСАВОД.
Pardayev Shavkat
28/03/2024 21:11
Яна чала.