
Rasman! "Buxoro" 2 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi
"Buxoro" ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Kuni kecha 2 nafar yosh va iqtidorli futbolchilarni tarkibga qo‘shib olindi.
Bular - “Metallurg” a’zosi Izzatillo Po‘latov hamda “Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Asliddin Tursunpo‘latov. Po‘latov U-20 terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida zafar quchgan.
Izzatillo Po‘latov
Tug‘ilgan yili: 15.06.2003
Ampulasi: O‘ng qanot himoyachi
O‘ynagan jamoalari: “Paxtakor”, “Turon”, “Metallurg”
U-20 Osiyo chempioni va Jahon chempionati ishtirokchisi
Asliddin Tursunpo‘latov
Tug‘ilgan yili: 07.01.2003
Ampulasi: yarim himoyachi
O‘ynagan jamoasi: “Nasaf”
"Buxoro" matbuot xizmati.
Fikrlar