Rasman! "Byornli" Premer-ligani tark etdi

  • 11 may, 2024, 21:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Byornli" Premer-liganing 37-turida "Tottenxem"ga mag‘lub bo‘lib, turnirda qolish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. Endi klubning "Nottingem Forest" bilan orasidagi farq 5 ochkoni tashkil qilmoqda. Chempionat tugashiga esa bitta o‘yin qoldi.

Kompani shogirdlari Chempionshipdan 101 ochko to‘plagan holda peshqadam sifatida APLga yo‘l olgandi. Birinchi divizionda uning jamoasi 24 ochko to‘pladi. 5 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 23 ta bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Shu bilan birga, 9 ta tur durang o‘ynadi.  

"Byornli"dan tashqari "Sheffild" ham turnirni tark etgandi. Ayni paytda "Nottingem Forest" va "Luton" qolish uchun kurashishmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!