Rasman! Charlz Oliveyra chempionlik kamaridan mahrum qilindi, kamar faqat Getji uchun tikiladi

  • 7 may, 2022, 00:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yakshanba tongida bo‘lib o‘tadigan UFC 274 turniri asosiy jangida engil vazn toifasida Charlz Oliveyra o‘z chempionlik kamarini Jastin Getjidan himoya qilishi kerak edi. Ammo Oliveyra 70,3 kg bo‘lgan vazn me’yorini bajara olmadi va kamaridan mahrum qilindi. Endilikda, ushbu jangda kamar faqatgina Getji g‘olib bo‘lsagina beriladi. Oliveyra bahs taqdirini o‘z foydasiga hal qilgan taqdirda ham kamar vakant qoladi. Vazn o‘lchash marosimida qayd etilgan natijalar:

Charlz Oliveyra - 70,99 kg;

Jastin Getji - 70,31 kg. 

Rouz Namayunas - 52,16 kg;

Karla Esparza - 52,16 kg. 

Maykl Chendler - 70,76 kg;

Toni Fergyuson - 70,53 kg.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!