Rasman! Charlz Oliveyra va Beneil Dariush jangi "UFC 289" turnirida o‘tkaziladi
Engil vaznda (70.3 kg) sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra va Beneil Dariush o‘rtasidagi jang 10 iyun kuni Kanadaning Vankuver shahrida bo‘lib o‘tadigan “UFC 289” turniriga rasman ko‘chirildi.
Dastlab bu jang 7 may kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan “UFC 288” turnirida tashkil etilishi kerak edi. Biroq, Oliveyraning mashg‘ulotdagi jarohati orqali bu to‘qnashuv qoldirilgandi.
Ma’lumot uchun, Oliveyra – Dariush jangi “UFC 289” turnirining 2- asosiy jangi bo‘lib, markaziy to‘qnashuvda Amanda Nunes va Julianna Penya chempionlik jangida bahs yuritadi.

Fikrlar