Rasman! "Chelsi" 5 nafar futbolchining jamoadan ketganini e’lon qildi

  • 01.07.2019 14:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi o‘zining rasmiy saytida 5 nafar futbolchining jamoadan ketganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra darvozabonlar Robert Grin va Eduardu, himoyachi Gari Keyxill va yarim himoyachi Kayl Skott shartnoma muddati yakunlangani bois jamoadan ketgan bo‘lsa, ijara olingan Gonsalu Iguain yana “Yuventus”ga qaytarib yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” o‘tgan mavsum APLda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Evropa ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!