Rasman! David Alaba "Bavariya"dan ketishini e’lon qildi

  • 16 fevral, 2021, 19:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi David Alaba maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida mavsum yakunlangach, jamoadan ketishini ma’lum qildi.

“Men ushbu mavsum oxirida "Bavariya"dan ketishga qaror qildim. Men yangi narsani sinab ko‘rmoqchiman. Bu oson qaror bo‘lmadi. Men "Bavariya" da 13 yildan beri faoliyat yuritib kelyapman va bu klub men uchun katta ahamiyatga ega”, - dedi avstriyalik futbolchi.

David Alaba 2010 yildan buyon asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.

Xorijiy nashrlar Alaba faoliyatini "Real"da davom ettirishi haqida yozmoqda. Ammo unga "Chelsi" va "Liverpul"dan ham jiddiy qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!