Rasman. Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshehir" klubi futbolchisi

  • 11 iyul, 01:27
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori hisoblangan Eldor Shomurodov "Roma" klubidan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga ko‘chib o‘tdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli hujumchi turk klubiga 3 million evro evaziga ijara asosida o‘tdi, keyinchalik esa 2,7 million evroga sotib olish majburiyati bilan. Bundan tashqari, kelishuvda Shomurodovning keyinchalik sotilishidan "Roma" foydasiga 10 foiz miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. 
 
Legionerimiz yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 
  
Ma’lumot uchun, Shomurodov o‘tgan mavsumda A Seriyada 27 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi..

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Moroze Dead
11/07/2025 11:32
Замечательно! Теперь будем болеть за них в Кубке Конференций. Уже 24-го игра с болгарами
&
Махмуд1966
11/07/2025 07:30
Жахон чемпионати олдидан, нуфузи ва даражаси сифатидан паст лигага утиш канчалик тугри?
Ха эссизгиная.....