
Rasman! Erik ten Xag "Ayaks" bilan shartnomasini uzaytirdi (Foto)
"Ayaks" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag yana bir necha yil Niderlandiyadagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
51 yoshlik mutxassis "Ayaks" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, murabbiy 2023 yilning yozigacha bo‘lgan bitimni imzolagan.
Shuningdek, Ten Xagni Angliyada kutishayotgandi. Sababi unga "Tottenxem" asosiy davogarlik qilayotgandi. Londonliklar Joze Mourinodan bo‘shab qolgan o‘ringa ten Xagni olib kelmoqchi edi.
Fikrlar