
Rasman! FIFA Ekvadorning Jahon chempionatidan chetlashtirilishi borasidagi yakuniy qarorini e’lon qildi
Qatar mezbonligida o‘tadigan mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Ekvador turnirdan chetlatilinishi haqida xabar bergandik
FIFA rasmiy sahifasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, tashkilot intizom qo‘mitasi Ekvador futbol federatsiyasiga qarshi ochgan ishni tugatdi. Faqatgina asli kolumbiyalik Bayron Kastilo Ekvador MTJ libosida 8 ta bahsda qatnasha olmaydi.
"Tomonlar FIFAning Apellyatsiya qo‘mitasiga shikoyat qilishlari mumkin",-deyiladi tashkilot bayonotida.
Ma’lumot uchun, ekvadorliklar o‘rniga JChda Chili terma jamoasi ishtirok etishi taxmin qilinayotgandi.
Fikrlar