Rasman! "Galatasaroy" Ziesh transferini e’lon qildi

  • 20 avgust, 2023, 09:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Galatasaroy" Turkiya chempionatining 2-turida "Trabzanspor"ni 2:0 hisobida mag‘lub qildi. O‘yin yakunida esa klub Zieshni rasman o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. 

Tecno

Turkiya Superligasining “Galatasaroy” – “Trabzonspor” uchrashuvi

Yarim himoyachi ijara asosida "sherlar" tarkibiga qo‘shildi. Shartnomaga ko‘ra, kelasi yil Turkiya klubi uning transferini to‘liq sotib oladi. Hakim "Galatasaroy" bilan 3 yillik shartnoma imzolashi borasida mish-mishlar ham mavjud. 

Ma’lumot uchun, bundan oldin Ziesh PSJ va "An-Nasr" klublariga o‘ta olmagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!