
Rasman: Hasanboy Do‘smatov professional boksda debyut qiladi va jang sanasi ham ma’lum
Hasanboy Do‘smatovni professional boksda chiqishini ko‘pchilik kutgan edi va shu kun ham etib keldi.
Xitoyning Fuju shahrida 10 noyabr kuni boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechada 6 ta jang bo‘lib o‘tadi va unda asosan xitoylik bokschilar ringga ko‘tarilishadi. Hasanboy Do‘smatov engil vazn toifasida mezbonlar vakili De Bin Zyu (3-1-1) ga qarshi jang qiladi. Jang 8 rounddan iboratdur.
Shu qatorda, Do‘smatov 30 noyabr kuni Frantsiyaning Monako shahrida ham jang qilishi kutilmoqda. Ammo bu haqida rasmiy ma’lumotlar hozircha berilmadi.
Fikrlar