Rasman! Ilyos Zeytullaev - "Kattaqo‘rg‘on" bosh murabbiyi
Ilyos Zeytullaevning yangi manzili ma'lum bo‘ldi. Tajribali murabbiy Samarqandning "Kattaqo‘rg‘on" klubi ustoziga aylandi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Kattaqo‘rg‘on" rahbariyati 44 yoshli tajribali mutaxassis bilan kelishuvga erishdi. Jamoa muxlislariga bosh murabbiy vazifasini endilikda Ilyos Zeytullaev bajarishini ma'lum qilamiz.
Futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Italiyada o‘tkazgan mutaxassis jamoatchilikka “Bunyodkor” murabbiyi sifatida iliq taassurot qoldirdi. Uning keyingi bekati Samarqand bo‘ladi.
Ilyos Bekirovichning "Kattaqo‘rg‘on"dagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar