Rasman: "Inter" futbolchisi mavsumni APL klubida yakunlaydi

  • 24 yanvar, 2020, 21:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Valentino Lazaro ijara asosida "Nyukasl" tarkibiga qo‘shildi. Bu haqida APL klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv joriy mavsumning so‘nggigacha amal qiladi. Futbolchi yangi klubida 23-raqam ostida to‘p suradi.

Xabarlarga ko‘ra, ingliz klubi futbolchining ijarasi uchun "Inter"ga jami 1,5 million evro to‘laydi va uni 23,5 million evroga sotib olish huquqini saqlab qoladi.

23 yoshli Avstriya terma jamoasi futbolchisi Milan shahri klubiga "Gerta"dan o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!