
Rasman! Jaloliddinovni o‘ynatmagan "Lokomotiv" murabbiyi iste’foga chiqarildi
Moskvaning “Lokomotiv” kubi bosh murabbiyi Marko Nikolich o‘z lavozimidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilgan. Endi uning o‘rniga jamoani Dmitriy Loskov vaqtincha bosh murabbiy sifatida boshqarib turadi.
42 yoshli serbiyalik mutaxassis “Lokomotiv”ni 2020 yildan buyun boshqarib kelayotgan edi. U bu lavozimda Yuriy Syominning o‘rnini egallagan.
“Temiryo‘lchilar” bosh murabbiy lavozimiga “Spartak”ning sobiq ustozi Domeniko Tedesko va “Nyurnberg” klubi bosh murabbiyi Robert Klaus nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar