
Rasman! Javohir Qahramonov sobiq klubiga qaytdi
Mavsumni "Neftchi"da o‘tkazgan va 28 ta o‘yinda maydonga tushib 1 tadan gol urgan hamda golli pas uzatgan yarim himoyachi Javohir Qahramonov 2025 yilni rasman "So‘g‘diyona"da boshlaydi.
Yodingizda bo‘lsa, 28 yoshli futbolchi "Neftchi"ga aynan "So‘g‘diyona"dan qo‘shilgandi. Bir yildan keyin u yana sobiq jamoasiga qaytdi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Qahramonov bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
Fikrlar