
Rasman! "Jenoa" yana bir transferni e’lon qildi. "Yuventus" futbolchisi genuyaliklar bilan shartnoma imzoladi (Foto)
"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Manolo Portanova faoliyatini Italiyaning boshqa bir jamoasida davom ettiradi.
21 yoshli futbolchi "Jenoa" klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Genuyaliklar Portanova uchun turinliklarga 10 million evro bergan.
Italiyalik futbolchi bu mavsum A Seriyada "Yuventus" safida 2 o‘yinda maydonga tushgan xolos. Shu ikki uchrashuvning birida sariq kartochka ham ishlab olgan.
Fikrlar