
Rasman! Kike Seten iste’foga chiqarildi. Katta ehtimol bilan uning o‘rnini "Barselona" sobiq futbolchisi egallaydi
Bir qator xorij nashrlari "Barselona" bosh murabbiyi Kike Setenning rasman iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Xabarlarga ko‘ra, shaxsan Xosep Bartomeuning o‘zi bu haqida gapirib o‘tgan.
"Bavariya"ga qarshi bellashuvdan so‘ng, kataloniyaliklar rahbari bir hafta ichida jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanishini ma’lum qilgandi. Bir necha soat avval esa, Ronald Kumanning aeroportda tekshiruvdan o‘tayotgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
Avvalroq, "Mundo Deportivo" gollandiyalik mutaxassis "ko‘k-anorranglilar"ni boshqarish uchun terma jamoadan ketishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar