Rasman! Konor MakGregor hamda Dastin Pore o‘rtasidagi uchinchi jang sanasi e’lon qilindi

  • 14 aprel, 2021, 17:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC promousheni engil vazn toifasi vakillari Konor MakGregor hamda Dastin Pore o‘rtasidagi uchinchi jang sanasini rasman e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, ular o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv 10 iyul kuni Las-Vegasda “UFC 264” turniri doirasida tashkil etiladi. 

Ular o‘rtasidagi birinchi jang 2014 yil 27 sentyabrda tashkil etilgan va unda Konor birinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi. Revansh jangi esa joriy yil 23 yanvarda tashkil etildi va bu safar Dastin ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishgan. 

“UFC Vegas 24” turnirida oktagonga ko‘tariluvchi barcha juftliklar bilan tanishing!

Konor MakGregor: "Bu yil Ramazonni BAAda o‘tkazish men uchun katta sharaf"

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!