
Rasman! “Liverpul” etakchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi (foto)
"Liverpul" hujumchisi Diogo Jota bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
25 yoshli portugaliyalik bilan yangi kelishuv 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Jota 2020 yil sentyabridan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib keladi va klub safida 85 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 34 gol va 9 assist yozdirib qo‘ygan.
“Liverpul” tarkibida Jota Angliya kubogi, shuningdek, mamlakat Superkubogi va Angliya liga kubogi sohibiga aylandi.
Fikrlar