Rasman! "Liverpul" yozdagi ilk transferini e’lon qildi (video)

  • 8 iyun, 2023, 15:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "Brayton"dan Aleksis MakAlisterni to‘liq sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Transfer summasi 40 million evroni tashkil etadi. U 2028 yilga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan.

U yangi jamoasida 10-raqam ostida to‘p tepadi. 24 yoshli futbolchi tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan. 

"Bu men uchun fantastik yil bo‘ldi. Orzularim amalga oshmoqda. Yangi mavsum start olishini intizorlik bilan kutmoqdaman. 

Jahon chempionatida g‘olib bo‘lganimdan so‘ng yanada ko‘proq sovrinlar yutish haqida o‘ylay boshladim. O‘ylashimcha, "Liverpul" bu boradi menga yordam bera oladi", - dedi argentinalik iste’dod sohibi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!