Rasman! "Lokomotiv" Fyodorovni iste’foga chiqardi
"Lokomotiv" asosiy tarkibi Coca Cola Superligasi oxirgi 2 o‘yinida mag‘lubiyatga uchragani bois bugun klub rahbariyati futbolchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda "temiryo‘lchilar"ni shu paytgacha boshqarib kelgan Andrey Fyodorov klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarilgani ma’lum qilindi.
Toshkentliklar uchun ushbu mavsum birmuncha og‘ir kechayotgani sir emas. Xususan, jamoamiz Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘ta olmagan bo‘lsa, Superliganing dastlabki 10 turida 4 bor g‘alaba qozonib, 6 marta mag‘lubiyatga uchradi. Natijada 10-turdan so‘ng jamoa turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumki, ertaga, 21 avgust kuni "Lokomotiv" Olmaliq shahrida "Qo‘qon-1912" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yinda jamoani kim boshqarishini ertaga ma’lum qilamiz. "Lokomotiv" PFK o‘zaro hamkorlik uchun Andrey Vitalevichga minnatdorlik bildiradi.



Fikrlar