
Rasman Ma’mur Ikromov "Xo‘jand" bilan shartnoma imzoladi
Yaqinda “Lokomotiv”ni tark etgan Ma’mur Ikromov Toshkentda shug‘ullanayotgan Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shilganligi haqida xabar bergandik. O‘zaro muzokaralardan keyin Ikromov rasman “Xo‘jand” a’zosiga aylanganligi ma’lum bo‘ldi. Bu borada futbolchining o‘zi sports.uzga ma’lum qildi.
Tojikistonliklar hamyurtimiz bilan bir yillik shartnoma imzolashgan. Shu tariqa, “Xo‘jand” klubi darvozabon muammosini hal qildi. Aytish kerakki, Ma’mur faoliyati davomida “Metallurg”, Andijon”, “Lokomotiv” kabi klublarda faoliyat olib borgan.
Fikrlar