
Rasman! Mahmud Muradov 29 avgust kuni jang qiladi
Ma’lumki, UFCdagi ilk vakilimiz Mahmud Muradov ushbu promoushendagi 4-jangini 29 avgustda o‘tkazishi ko‘zda tutilgandi.
Bu voqelik rasman o‘z tasdig‘ini topdi va hamyurtimiz ushbu sanada AQSh vakili Jerald Myorshart bilan jang qiladigan bo‘ldi. Mazkur qarama-qarshilik "UFC ON ESPN 30" turnirida ro‘y beradi.
Myorshart faoliyati mobaynida 32 ta g‘alaba (UFCda 7 ta) va 14 mag‘lubiyat (UFCda 6 ta) qayd etgan. So‘ngi jangini polyak Bartosh Fabinskiga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq raqibini mag‘lub etgan. Yurtdoshimiz esa, 25 ta g‘alaba va 6 mag‘lubiyatdan iborat natijaga ega. U oxirgi bor, Endryu Sanchesni texnik nokautga uchratgan edi.
Biz mazkur jangga oid tayyorgarlik borasida Mahmud Muradovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Barchasi yaxshi ketmoqda. Tayyorgarlik a’lo darajada. Jangga hozirlikni ko‘p qismini Evropada ya’ni, Chexiya hamda Polshada olib bormoqdaman. Bu erda o‘z jamoam bor. O‘ylaymanki, barchasi yaxshi bo‘ladi.
Fikrlar