Rasman! "Manchester Siti" Joau Kanselu bilan shartnomani uzaytirdi

CHERY AUTO

"Manchester Siti" qanot himoyachisi Joau Kanselu bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini ma’lum qildi. Portugal futbolchisi klub bilan 2027 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekdi. 

Tecno

Xabar qilinishicha, 27 yoshli iqtidor bilan muzokaralar o‘tgan yilning dekabr oyida boshlangan. Futbolchining qancha maosh olishi hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Joau manchesterliklar safiga 2019 yil yozida "Yuventus"dan kelib qo‘shilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Kanselu joriy mavsum APLdagi 22 uchrashuvda 1 gol va 5 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!