Rasman! "Manchester Siti" futbolchisi "Everton"ga ko‘chib o‘tdi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Fabian Delf rasman "Everton" futbolchisiga aylandi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli angliyalik futbolchining transferi “irischilar”ga 9 million evroga tushgan. Uning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ta’kidlash kerakki, Delf allaqachon “Everton” bilan Shveytsariyadagi yig‘inda ishtirok etayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Delf “Manchester Siti” sharafini 2015 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “shaharliklar” safida jami 78ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar