Rasman! "Manchester Siti" Joau Kanseluning transferini e’lon qildi

  • 08.08.2019 08:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Joau Kanselu rasman "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli portugaliyalik futbolchi “shaharliklar” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Uning transferi esa “Siti”na 65 mln evroga tushdi. Ta’kidlash kerakki, mankuanliklar Kanseluning transferiga o‘zlarining braziliyalik himoyachisi Daniloni (37 mln) ham qo‘shib berishdi.

Ma’lumot uchun, Kanselu “Yuventus” safida 2018 yilning yozidan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum 34ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 5ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!