Rasman! Massimiliano Allegri yana "Yuventus"ga qaytdi

  • 28 may, 2021, 18:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Massimiliano Allegri yana “Yuventus”ga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Hozircha klub 53 yoshli italiyalik mutaxassis bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani haqida rasman e’lon qilmayapti. Lekin bundan avvalroq, Allegri “keksa sinora” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolashi va yiliga 9 mln evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Massimiliano “Yuventus”ni 2014-2019 yillarda boshqargan. U ushbu davr mobaynida 11 sovrin qo‘lga kiritgan. Jumladan, 5 marta A Seriyada chempion bo‘lgan.

Allegri “Yuventus”dan ketgach ishsiz yurgan edi. U ketgach 2 mavsum jamoani Mauritsio Sarri va Andrea Pirlo boshqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!