Rasman! "Milan" 20 yoshli portugaliyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

  • 1 avgust, 2019, 19:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lill" klubi forvardi Rafael Leau faoliyatini "Milan"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 20 yoshli futbolchining transferi “rossonerilar”ga 30 mln evroga tushgan. Uning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Leau “Lill” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum 26ta o‘yinda ishtirok etdi va 8ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U bundan avval Lissabonning “Sporting” klubi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!