Rasman! "Milan" yangi hujumchi sotib oldi

  • 27 yanvar, 2022, 21:48
  • 0
  • Futbol

"Milan" o‘zining rasmiy sayti orqali "Tsrvena Zvezda" klubi hujumchisi Marko Lazetich bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 18 yoshli serbiyalik futbolchining transferi “rossonerilar”ga 4 million evroga tushgan. Markoning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolagan.

Lazetich "Tsrvena Zvezda" safija 2019 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!