
Rasman! Musaev "Neftchi"dan ketdi
Kuni kecha Sports.uz saytida Fozil Musaev bilan suhbat e’tiboringizga havola qilindi va unda futbolchi "Neftchi"dan ketganini ma’lum qilgandi. O‘z o‘rnida klub matbuot xizmati tasdiqlagan holda futbolchining jamoani tark etgani to‘g‘risida rasmiy xabar tarqatdi.
"Jamoamiz tarkibiga 2022 yilning birinchi davrasi yakunidan so‘ng kelib qo‘shilgan va jamoamizni o‘sha mavsumda Superligada jon saqlab qolishi uchun munosib hissa qo‘shgan himoyachi Fozil Musaev jamoamiz bilan xayrlashdi!
Fozil Musaev jamoamiz tarkibida joriy mavsumda 13 bor maydonda ko‘rinish bergan va 455 daqiqa harakat qilib, ikki bor hakamlar tomonidan ogohlantirilgan.O‘tgan yilgi mavsumda futbolchi sakkiz marta maydonga chiqib ikki bor gol urishga muavaffaq bo‘lgan edi.
Fozil Musaevga ahil jamoamiz nomidan kelajakdagi faoliyatiga omad yor bo‘lishini, jamoamiz ravnaqi yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi xabarda.
Fozil Musaev: "Qo‘ldan kelganicha o‘ynamoqchiman, bunday onlarni hech qanday pulga sotib ololmaysiz"
Fikrlar